Prezident qarori asosida 50 ga yaqin bolada operatsiya o‘tkazildi

Jamiyat

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev qarori asosida 50 nafarga yaqin bemorda yuqori texnologik operatsiyalar o‘tkazildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Prezidentning “Muborak Qurbon hayiti munosabati bilan aholini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va mehr-saxovat tadbirlarini samarali tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori doirasida 194 nafar bemor bola tibbiyot muassasalariga yotqizilib, ularning 40 nafarida yuqori texnologik jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan;

112 nafar onkologik, gemotologik va onkogematologik tashxis qo‘yilgan bemor tibbiyot muassasalariga joylashtirilib, ularning 5 nafarida murakkab jarrohlik operatsiyasi bajarilgan;

14 nafar shaxs tibbiyot muassasalariga yotqizildi va ularning 2 nafarida jigar va buyrak transplantatsiyasi amalga oshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda Qurbon hayiti munosabati bilan 10 ming bolaning jarrohlik amaliyoti o‘tkazib berilishi haqida xabar berilgandi. Mazkur chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun “Vaqf” xayriya jamoat fondiga 690 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Qurbon hayiti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing