O‘zbekistonda Qurbon hayiti qachon nishonlanadi?

Jamiyat

image

O‘zbekistonda Zulhijja oyining birinchi kuni bugun, 28 mayga to‘g‘ri keldi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi qoshidagi Fatvo markazi ma’lum qildi. 

Hijriy-qamariy yil hisobi bo‘yicha Zulhijja oyining 10-kuni Iydul Azho – Qurbon hayitining birinchi kuni hisoblanadi.

Shunga ko‘ra, joriy yilda O‘zbekistonda Qurbon hayitining birinchi kuni 6 iyun, juma kuni nishonlanadi.

Hozircha Qurbon hayiti munosabati bilan necha kun va qaysi kunlar dam olish kuni bo‘lishi rasman e’lon qilingani yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Saudiya Arabistonida ham Qurbon hayitini 6 iyun kuni nishonlanishi xabar qilingandi. Podshohlik davlat va xususiy sektor xodimlari uchun bir haftalik Hayit bayramini e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Qurbon hayiti Zulhijja oyi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing