Qurbon hayiti namozini o‘qish vaqtlari e’lon qilindi
Jamiyat
−
25 may 10691 1 daqiqa
O‘zbekistondagi jome masjidlarda joriy yil 27 may kuni Qurbon hayiti namozi o‘qiladi. Unga ko‘ra, Toshkent shahridagi jome masjidlarda ertalab soat 05:10 da Qurbon hayiti namozi o‘qiladi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabar berdi.
Respublika hududlarida Qurbon hayiti namozi jome masjidlarda quyidagi vaqtlarda ado etiladi:
- Andijon – 05:05
- Namangan – 05:05
- Farg‘ona – 05:05
- Toshkent shahri – 05:10
- Toshkent viloyati – 05:10
- Sirdaryo – 05:20
- Jizzax – 05:20
- Samarqand – 05:30
- Surxondaryo – 05:30
- Qashqadaryo – 05:35
- Navoiy – 05:35
- Buxoro – 05:35
- Xorazm – 05:50
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi. 05:55.
Yuqorida ko‘rsatilgan vaqtlar quyosh chiqqanidan keyin 15-20 daqiqalik farqni inobatga olib belgilangan.
Live
Barchasi