Saudiyada Qurbon hayiti sanasi e’lon qilindi
Olam
−
27 may 56069 1 daqiqa
Saudiya Arabistonida yillik Haj ziyorati amalga oshiriladigan Zulhijja oyi uchun hilol ko‘rindi. Bu haqda “Arab News” xabar berdi.
Qayd etilishicha, bu shuni anglatadiki, barcha sog‘lom va badavlat musulmonlar umrida bir marta borishlari shart bo‘lgan ziyorat 4 iyun kuni ziyoratchilarning Mino chodiriga yig‘ilishi bilan boshlanadi. Arafa kuni 5 iyunga to‘g‘ri keladi.
Bu yil Haj ziyoratiga bormayotgan musulmonlar Qurbon hayitini 6 iyun kuni nishonlaydi.
Qirollik davlat va xususiy sektor xodimlari uchun bir haftalik Hayit bayramini e’lon qildi.