O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan shaxs Turkiyada qo‘lga olindi

Olam

image

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan 2021 yildan buyon qidiruvga berilgan shaxs Turkiyada qo‘lga olinib, Toshkent shahriga deportatsiya qilindi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bir qancha firibgarlik jinoyatlarini sodir etish va fuqarolarga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazganlikda ayblanib, 2021 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan, 38 yoshli Robert Vladimirovich Babayans Toshkent shahriga deportatsiya qilingan. 

Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yoxud ichki ishlar organlarining quyi hududiy bo‘linmalariga murojaat qilish so‘raldi. 

“Jinoyat uchun jazoning muqarrarligini ta’minlash maqsadida Turkiya hududida hamkorlikdagi tadbirlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lib, Turkiyaga yashiringan shaxslarni qo‘lga olish tadbirlari yanada kuchaytirilishi xabar qilingan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya O'zbekiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing