O‘zbekistonda qancha bemorni ahvoli og‘irligi aytildi

Jamiyat 9903
image

O‘zbekistondagi koronavirusga chalinganlarning 4 nafari og‘ir ahvolda. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, mamlakatda ayni daqiqalarga kelib, koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar soni 3078 nafarga yetdi. 2492 nafar, ya’ni 81 foiz bemor to‘liq sog‘aygan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi (SSV) taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, shifoxonalarda 573 nafar bemor davolanmoqda, 4 nafarining ahvoli og‘ir.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi kunlarda Navoiy, Samarqand va Toshkent viloyatida aholi orasida koronavirusga chalinish holatlari aniqlangan. Shu munosabat bilan SSV fuqarolarni hushyorlikka chaqirib, bayonot bilan chiqdi.

Nurulloh Sharipov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 375
Reyting: 3
t
×