O‘zbekistonda ilk bor Xalqaro ipakchilik komissiyasi Ijroiya qo‘mitasining majlisi bo‘lib o‘tadi

Jamiyat

image

Joriy yilning 5-6 aprel kunlari Buxoro shahrida Xalqaro ipakchilik komissiyasi Ijroiya qo‘mitasining 20 ta a’zo davlatlar vakillari ishtirokida majlisi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zA xabar tarqatdi.

Unda Xalqaro ipakchilik komissiyasi Bosh kotibi R.Okxandiar ishtirok etishi kutilmoqda. Tadbir doirasida “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi va Hindiston To‘qimachilik vazirligining Markaziy ipakchilik kengashi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolanishi rejalashtirilgan.

“Hindiston va O‘zbekiston ipakchilik sohasida hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha ulkan salohiyatga ega. Mamlakatlarimiz ipakchilik tuzilmalari o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolanishi ushbu yo‘nalishdagi muhim amaliy qadam bo‘ladi”, deya fikr bildirgan Hindiston To‘qimachilik vazirligining Markaziy ipakchilik kengashi kotibi o‘rinbosari Dilip Kumar. 

Ma’lumot uchun, ipakchilik bo‘yicha Xalqaro komissiya 1960 yilda tuzilgan bo‘lib, BMTda ro‘yxatdan o‘tgan hukumatlararo tashkilotdir. Komissiya Bosh qarorgohi Hindistonning Bangalor shahrida joylashgan.

O‘zbekiston 2017 yil sentyabr oyidan mazkur tashkilotning yigirmanchi a’zosi hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Hindiston O'zbekipaksanoat

Baholaganlar

2

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing