O‘zbekistonda foydalanilgan vaksinalar dozasi 1,5 mlndan oshdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda COVID-19 ga qarshi emlash boshlangandan beri 1,5 million doza vaksinadan foydalanildi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Kecha, 20 mayda mamlakat hududlari bo‘ylab 49 930 doza COVID-19 ga qarshi vaksina qo‘llanildi.

Ulardan:

  • 1-bosqich emlanganlar 14615 nafarni;
  • 2-bosqichda emlanganlar 35315 nafarni tashkil qildi.

Ayni kungacha mamlakatda jami 1 mln 512 421 doza vaksinadan foydalanildi. 

Ulardan:

  • 1-bosqich emlanganlar 1 mln 154 313 nafarni; 
  • 2-bosqichda emlanganlar 358 108 nafarni tashkil qildi.

20 may kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:

  • Farg‘ona viloyati (7810 doza);
  • Namangan viloyati (6011 doza);
  • Andijon viloyati (5491 doza) band qildi. 

Jami emlashlar bo‘yicha 8 ta hudud peshqadamlik qilib, emlashlar soni:

  • Farg‘ona viloyatida 204065 doza;
  • Andijon viloyatida 189110 doza;
  • Namangan viloyatida 168835 doza;
  • Samarqand viloyatida 149560 doza;
  • Qashqadaryo viloyatida 110870 doza;
  • Toshkent shahrida 110481 doza;
  • Surxondaryo viloyatida 108063;
  • Toshkent viloyatida 101731 dozani tashkil qilmoqda.

Emlash jarayonlari davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Vaktsina

Baholaganlar

7

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing