O‘zbekistonda eng yuqori tezlik 70 km/soatga qaytdimi? Rasmiy izoh berildi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan O‘zbekiston hududlarida eng yuqori tezlik yana 70 kilometr/soatga qaytishi haqida xabarlar “feyk” deb topildi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi matbuot xizmati ma’lum qildi

Xabarga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidentining 2023 yil 28 fevraldagi 27-son Farmoni bilan 1 apreldan boshlab Toshkent va Nukus shaharlarida hamda viloyatlar va tumanlarning markazlarida transport vositalari harakatlanishining eng yuqori tezligi soatiga 70 kilometrdan 60 kilometrgacha tushirilishi belgilangan. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 3 apreldagi 140-son Qarori bilan Yo‘l harakati qoidalariga o‘zgartirish kiritilgan. 

“Ijtimoiy tarmoq vakillaridan turli taxmin va mish-mishlardan iborat asoslantirilmagan ma’lumotlarni tarqatmasliklarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning yo‘l harakati qoidalariga o‘zgartirishlar kiritilib, mamlakatning barcha shaharlarida harakat tezligi 60 km/soatdan oshmasligi belgilangani haqida xabar bergan edik. 


Maqola muallifi

Teglar

transport yuqori tezlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing