O‘zbekistonda emlanganlar 1 mln nafardan oshdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda jami 1 million 46 ming dozadan ortiq vaksina qo‘llanildi, emlangan fuqarolar soni 1 million nafardan oshdi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Kecha, 6 may kuni mamlakat hududlari bo‘ylab jami 37 158 doza COVID-19 ga qarshi vaksina qo‘llanildi. 

Ulardan:

  • 1-bosqich emlanganlar 23979 nafarni;
  • 2-bosqichda emlanganlar 13179 nafarni tashkil qildi.

Shu tariqa ayni kungacha O‘zbekistonda jami 1 046 668 doza vaksinadan foydalanildi.  

Ulardan:

  • 1-bosqich emlanganlar 1000956 nafarni;
  • 2-bosqichda emlanganlar 45712 nafarni tashkil qildi.

6 may kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:

  • Andijon viloyati (8532 doza);
  • Namangan viloyati (5390 doza);  
  • Qashqadaryo viloyati (3661 doza) band qildi. 

E’tiborli jihati shuki, koronavirusga qarshi jami emlashlar soni:

  • Farg‘ona viloyatida 129 565 doza;
  • Andijon viloyatida 126 625 doza;
  • Namangan viloyatida 113 950 doza;
  • Samarqand viloyatida 101 859 dozani tashkil qilmoqda.

Emlash jarayonlari davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Vaktsina

Baholaganlar

7

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing