O‘zbekistonda deputatlarning qanchasi koronavirusga qarshi emlangani ochiqlandi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining 70 nafari ixtiyoriy ravishda emlangan. Bu haqda Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov ma’lum qildi.

Nurdinjon Ismoilov ayni paytda ushbu infeksiyaga qarshi kurashda eng samarali tadbirlardan biri “emlash” ekanligini, bundan boshqa chora yo‘qligini soha olimlari e’tirof etayotganini ta’kidlagan.

“Shunga qaramasdan hozirgi kunga qadar quyi palata deputatlarining 70 nafari ixtiyoriy ravishda emlangan xolos. Qolgan 75 nafar deputat koronavirusga qarshi vaksina olmagani, shuningdek, quyi palata devoni xodimlari o‘rtasida emlanganlar soni kamligi ham salbiy holat albatta.

Aslida biz, tibbiyot xodimlari ishini ko‘paytirmasdan, oilamiz, yaqinlarimiz, hamkasblarimiz va do‘stlarimiz hayotini xavfga qo‘ymasdan avvalo, o‘zimiz namuna bo‘lishimiz lozim. Qolaversa, koronavirusga qarshi emlash bo‘yicha targ‘ibot tashviqot olib borishimiz, uning ijobiy samarasini aholining barcha qatlamlariga keng tushuntirishimiz zarur”, degan spiker Nurdinjon Ismoilov.

Ma’lumot uchun, 16 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda jami 5 521 020 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:

1-bosqich emlanganlar 3 445 376 nafarni,
2-bosqichda emlanganlar 1 520 271 nafarni,
3-bosqich emlanganlar 555 373 nafarni tashkil qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Qonunchilik palatasi

Baholaganlar

262

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing