O‘zbekistonda Davlat byudjeti defitsiti 7 trln so‘mga yaqinlashdi

Jamiyat

image

2020 yil birinchi yarim yillikda Davlat byudjeti defitsiti 6 trln 721,9 mlrd so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Moliya vazirligi xabar berdi.

Davlat byudjetining 2020 yil 6 oylik daromadlari 58 trln 157 mlrd so‘mga yoki tasdiqlangan yillik parametrga nisbatan 45,3 foizga ijro etildi. Hisobot davrida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 15 foizga ko‘p mablag‘ tushirilishiga erishildi.

Daromadlarning 19 739,6 mlrd. so‘mi (jami daromadlarning 33,9 foizi) bevosita soliqlar, 21 trln 510,8 mlrd. so‘mi (37,0 foiz) bilvosita soliqlar, 9 trln 695,4 mlrd. so‘mi (16,7 foiz) resurs to‘lovlari va mulk solig‘i va 7 trln 211,2 mlrd so‘mi (12,4 foiz) boshqa daromadlar hisobidan shakllantirildi.

Davlat byudjetining 1-yarim yillik xarajatlari esa 64 trln 878,9 mlrd so‘mni yoki YAIMga nisbatan 25,4 foizni tashkil etdi.

Jami xarajatlar tarkibida ijtimoiy soha xarajatlari eng ko‘p ulushga (53,4 foiz) ega bo‘lib, ushbu yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan tashkilot va muassasalarni saqlash hamda sohaga taalluqli tadbirlarni moliyalashtirish uchun Davlat byudjetidan 34 665,5 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.

Hisobot davrida mahalliy byudjetlarning daromadlar qismi 12 870,7 mlrd so‘mni, xarajatlar qismi esa 20 trln 203,3 mlrd so‘mni tashkil etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Davlat byudjeti defitsit

Baholaganlar

110

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing