O‘zbekistonda daraxt kesish uchun moratoriy muddati uzaytiriladi
Jamiyat
−
19 yanvar 2021
3836O‘zbekistonda daraxtlarni kesish uchun o‘rnatilgan moratoriyni 2021 yil oxirigacha uzaytirish rejalashtirilyapti. Bu haqda Bu haqda “2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida”gi Prezident farmoni loyihasida belgilangan.
Loyihada moratoriyni uzaytirish keng jamoatchilik taklifi ekani ta’kidlangan.
Unga ko‘ra, respublika hududida davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarning qimmatbaho navlari kesilishiga joriy etilgan moratoriyning amal qilish muddatini 2021 yil 31 dekabrga qadar uzaytiriladi.
Shuningdek, har bir kesilgan daraxt va butalar uchun kompensatsiya tarzida 10 tup qimmatliligi jihatidan kesiladigan daraxt va butalardan kam bo‘lmagan, yirik o‘lchamli (yoshi 5 yoshdan va balandligi 2 metrdan kam bo‘lmagan) ko‘chat ekish hamda ularni kamida ikki yil davomida parvarish qilish, noqonuniy kesilgan daraxt va butalar uchun esa uch yil davomida parvarishlash sharti bilan 100 tup ko‘chat ekish majburiyatini kiritish.
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi ikki oy muddatda atrof muhitga yetkazilgan zararni qoplash tartibini qayta ko‘rib chiqib, tabiatni qayta tiklashga qaratilgan kompensatsiya mexanizmlarini keng joriy etadi.
LiveBarchasi