O‘zbekistonda bugun koronavirusdan sog‘ayganlar 36 nafarni tashkil qildi

Jamiyat

image

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Buxoro viloyatida jami 21 nafar bemor koronavirusdan butkul sog‘aydi. Bu haqda bugun, 13 may kuni sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

“Ayni soatlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1 nafar, Xorazm viloyatida 14 nafar, Buxoro viloyatida 6 nafar, jami 21 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi“, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, endilikda Qoraqalpog‘istonda to‘liq sog‘ayganlar 110 nafar, Xorazmda 210 nafar, Buxoroda esa 433 nafarga yetdi. Shunday qilib, bugun 36 nafar bemor sog‘ayib, mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 2076 nafarni tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda O‘zbekistonda koronavirus aniqlanganlar soni 2596 nafarni tashkil qilib, sog‘aygan va vafot этганлардан tashqari, jami 509 nafar bemor davolanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

152

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing