O‘zbekistonda bir sutkada yana 27 mingga yaqin kishi emlandi
Jamiyat
−
29 may 2021 3661 1 daqiqa
Kecha, 28 may kuni O‘zbekistonda 75 ming dozadan ortiq vaksina qo‘llanildi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Kecha, 28 mayda mamlakat hududlari bo‘ylab 75 849 doza COVID-19 ga qarshi vaksina qo‘llanildi.
Ulardan:
- 1-bosqich emlanganlar 26973 nafarni;
- 2-bosqichda emlanganlar 48876 nafarni tashkil qildi.
Ayni kungacha mamlakatda jami 1889975 doza vaksinadan foydalanildi.
Ulardan:
- 1-bosqich emlanganlar 1305043 nafarni;
- 2-bosqichda emlanganlar 584932 nafarni tashkil qildi.
28 may kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:
- Farg‘ona viloyati ( 9793 doza);
- Namangan shahri (8513 doza);
- Xorazm viloyati (7974 doza) band qildi.
Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar:
- Farg‘ona viloyatida 241978 doza;
- Namangan viloyatida 223718 doza;
- Andijon viloyatida 219630 dozani tashkil qilmoqda.
Emlash jarayonlari davom etadi.
Live
Barchasi