O‘zbekistonda bir kunda ikkinchi marta yer silkinishi kuzatildi
Jamiyat
−
11 Oktabr 2022
9666Bugun, 11 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 13:10 da (11.10.2022 yil, Grinvich bo‘yicha 08:10 da) Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Zilzila koordinatalari: 36,51 gradus shimoliy kenglik; 66,67 gradus sharqiy uzunlik. 5,2 ball magnitudali zilzila epitsentri Toshkentdan 573 km janubiy-g‘arbda, 15 kilometr chuqurlikda joylashgan.
O‘zbekiston Respublikasi hududia sezilish kuchi:
• Surxondaryo viloyatida 3 ball, 95 km.
• Qashqadaryo viloyatida 2 ball, 271 km.
Avvalroq, 11 oktyabr kuni soat soat 04:23 da Afg‘onistonda zilzila qayd etilgani, uning ta’siri O‘zbekistonning Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlarida ham sezilgani haqida xabar bergan edik.