O‘zbekistonda bir qop un narxi 125 ming so‘m etib belgilandi
Jamiyat
−
18 aprel 2020
34353O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasi davrida un mahsuloti barcha hudularga bir maromda yetkazib berilishini ta’minlash maqsadida birja savdolarisiz to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bilan sotilishi belgilandi.
Hukumat topshirig‘iga asosan, “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tizim korxonalarida ishlab chiqarilgan bir qop un uchun 125 ming so‘m qilib belgilandi.
Bugungi kunda tizim korxonalari omborlarida respublikamiz aholisining un mahsulotiga bo‘lgan talabini to‘la qondirish uchun yetarli miqdorda 32 ming tonnadan ortiq un zaxiralari bor va ehtiyojdan kelib chiqib ishlab chiqarish xajmlarini oshirish imkoniyatlari mavjud.
Asosiy iste’mol mahsuloti hisoblangan un bugungi kunga qadar birja savdolari orqali barcha iste’molchilarga sotilayotgan edi. Xarid qilingan unning asosiy qismi respublikaning chekka hududlariga yetib bormasdan shahar hamda tuman markazlarida qolib ketayotgan edi.
Yangi tartabga ko‘ra, bozorlarda un mahsulotlarining narxlari sun’iy ravishda oshib ketishi oldi olinib, aholining barcha qatlamlariga tizimli ravishda uzluksiz yetkazib berilishi ta’minlanadi.
Shuningdek, un mahsulotlari yetkazib berilishi hamda narxlarning shakllanishi soliq va huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan qat’iy nazoratga olindi.
Ma’lumot o‘rnida, aholining un mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibidagi tizim korxonalari tasarrufida bo‘lgan 52 ta tegirmon sexlarida kuniga 6000 tonnadan ortiq un ishlab chiqarilmoqda.
LiveBarchasi