O‘zbekiston besh oyda $49 mlnlik un import qildi
Jamiyat
−
21 iyun 2022
6542O‘zbekistonga 2022 yilning yanvar-may oylarida qiymati 49 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 158,4 ming tonna bug‘doy uni import qilingan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, bug‘doy uni importi hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 19,8 ming tonnaga oshgan.
2022 yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston bug‘doy unini eng ko‘p import qilgan davlatlar:
• Qozog‘iston – 153,4 ming tonna
• Rossiya – 4,9 ming tonna
• AQSH – 50 tonna
• Italiya – 27 tonna
• Hindiston – 2 tonna
• Fransiya – 1,8 tonna
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 iyunidan O‘zbekistonda bug‘doyni birjada sotish boshlandi. Buning ortidan mamlakatda aholining keng qatlami uchun cho‘ntakbop hisoblangan qolipli (“buxanka”) non narxi qariyb ikki baravar 1600 so‘mdan 2800 so‘mga ko‘tarildi.