Andijonda MCHJ rahbari aholiga ajratilgan tonnalab unni sotib yubordi

3-sahifa

image

Andijon viloyatining Ulug‘nor tumanida aholi uchun ajratilgan 169 tonna un mahsulotini qimmat narxlarda sotib yuborgan MCHJ rahbari ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, “I.I.” MCHJ rahbari M.A. aholiga arzon narxlarda sotish maqsadida davlat resurslari hisobidan ajratilgan umumiy bahosi 385 mln so‘mlik 169 tonna un mahsulotini arzonlashtirilgan narxlarda yetkazib bermasdan, boshqa shaxslarga qimmat narxlarda sotib yuborgan.

Xabarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 192-11-moddasi (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon un

Baholaganlar

113

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing