Qirg‘iziston un va bug‘doy eksportini taqiqladi
Olam
−
25 Sentabr 2023
5681Qirg‘iziston un va bug‘doy eksportini taqiqladi. Bu haqda mamlakat Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar berdi.
Unga ko‘ra, joriy yilning 22 sentyabr kuni Vazirlar Mahkamasining “Qirg‘iziston respublikasidan ayrim turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini vaqtincha taqiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan.
Taqiq un (bug‘doy uni) hamda g‘allaga taalluqli bo‘lib, u 6 oy davomida amal qiladi.
“Qaror oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, oziq-ovqat mahsulotlarining bozor narxini barqarorlashtirish uchun qabul qilingan”, deyiladi bu haqdagi xabarda.
Qaror bugun, 25 sentyabrdan kuchga kirgan.
Akobir Sayidov
LiveBarchasi