Turkmanistonda unga navbatda turgan ayol janjal qurboni bo‘ldi
Olam
−
20 iyul 2023
10850Turkmanistonning Dasho‘g‘uz viloyatida arzonlashtirilgan un uchun navbatda turgan ayol halok bo‘ldi. Bu haqda “Today.kg” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, Go‘ro‘g‘li tumanidagi do‘konlardan birining sotuvchisi keltirilgan un hammaga yetmasligi mumkinligini aytganda, odamlar do‘kon eshigiga otilgan. Buning ortidan ur-sur boshlanib, oxiri mushtlashuvga aylangan.
Oqibatda olti farzandning onasi janjal qurboniga aylandi. Mushtlashuv vaqtida janjal boshlangan va ayol zinapoyadan yiqilgan. U olgan og‘ir tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.
Voqea yuzasidan tuman Jinoyat qidiruv boshqarmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilib, do‘kon sotuvchisi qo‘lga olingan.
“Ushbu hodisa so‘nggi paytlarda Turkmaniston aholisiga imtiyozli narxlarda tarqatiladigan oziq-ovqat mahsulotlarining taqchilligi bilan bog‘liq vaziyatning yomonlashishi fonida sodir bo‘ldi. Iqtisodiy inqiroz va ishsizlikning kuchayishi bilan turkman oilalari subsidiyalangan oziq-ovqatga qaram bo‘lib qoldi”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi