O‘zbekistonda barcha ichki sayohatlar to‘xtatiladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining kecha, 17 mart kunidagi koronavirusning mamlakatga kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, sayyohlik kompaniyalari, jamoat tashkilotlari va yirik sanoat korxonalariga mamlakatda koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat barqaror holatga kelgunga qadar ichki turizmni rivojlantirishga doir tadbirlarni to‘xtatish tavsiya etiladi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining ta’kidlashicha, respublika hududida o‘tkazilishi rejalashtirilgan barcha turdagi ommaviy bayram tadbirlari, xalqaro tadbirlar va sport musobaqalari, teatr, kino va konsert dasturlari vaqtincha to‘xtatiladi.

Maxsus komissiya qaroriga asosan, Transport vazirligi karantin muddati davriga to‘g‘ri keluvchi turizm maqsadida xarid qilingan havo va temir yo‘l chiptalarini, shu jumladan ichki qatnovlar uchun chiptalarni xaridorlar tomonidan qaytarilgan taqdirda, jarimasiz qabul qilish, chipta narxini xaridorga to‘liq qaytarish yoki boshqa muddatga ko‘chirish choralarini ko‘radi.

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda ayni damda mamlakatimizda bo‘lib turgan xorijiy fuqarolarni, shu jumladan turistlarni o‘z mamlakatlariga qaytishi masalalarida ularga axborot ko‘magini beruvchi maxsus shtab tashkil etildi.

Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda O‘zbekistonda ushbu virus bilan og‘riganlar 13 kishini tashkil etmoqda. Mamlakatda 2100 kishi karantinga olingan

Hurmatli fuqarolar, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sabab vahima ko‘tarishga asos yo‘q. Virusni yuqtirib olmaslik uchun sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qiling.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus sayohat

Baholaganlar

55

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing