Olimpiadada g‘olib bo‘lgan o‘quvchilarga 3 kunlik bepul sayohat yo‘llanmasi beriladi

Jamiyat

image

Respublika va viloyat bosqichidagi fan olimpiadalari hamda sport musobaqalari g‘oliblari endi “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat” yo‘llanmasi bilan taqdirlanadi. Bu haqda Hukumatning 2026 yil 24 iyuldagi 406-son qarori bilan tasdiqlangan nizomda belgilandi.

Hujjatga ko‘ra, respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan o‘quvchi-yoshlarga O‘zbekiston hududidagi turistik ob’ektlarga 3 kunlik sayohat yo‘llanmasi beriladi.

Viloyat bosqichida g‘olib bo‘lganlar esa boshqa viloyat hududidagi turistik maskanlarga 2 kunlik sayohat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Qayd etilishicha, sayohat tashkilotchilari yo‘llanma egalarini tadbir boshlanishidan kamida 10 kun oldin safar sanasi va o‘tkaziladigan joy haqida xabardor qiladi.

Shuningdek, sayohat bilan bog‘liq xarajatlar tashkilotchilar tomonidan qoplanadi. Ushbu xarajatlar qatoriga transport xizmati, yashash va ovqatlanish, gid xizmati asosidagi ekskursiyalar, turizm ob’ektlariga kirish chiptalari hamda sayohat sug‘urtasi kiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 15 yil ish stajiga ega tibbiyot xodimlarining farzandlari uchun kontrakt to‘lovining bir qismi qoplab berilishi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing