O‘zbekistonda aholining go‘sht iste’mol qilishi sezilarli kamaydi

Jamiyat

image

Joriy yilning II choragida O‘zbekistonda aholining go‘sht iste’mol qilishi sezilarli kamaydi. Bu haqda Markaziy bank II chorak yakunlari bo‘yicha uy xo‘jaliklarining daromadlari va xarajatlari, ularning tarkibi, koronavirus pandemiyasi va inflyatsiyaning turmush darajasiga ta’siri yuzasidan o‘tkazgan o‘rganishi natijasida qayd etdi.

Uy xo‘jaliklarining go‘sht mahsulotlari uchun o‘rtacha oylik xarajatlari II chorakda oldingi chorakka nisbatan sezilarli darajada qisqargan. Xususan, oylik daromadi 2 mln. so‘mgacha bo‘lgan aholining oylik o‘rtacha go‘sht mahsulotlari xaridi I chorakka nisbatan 39,5 foizga yoki 107 ming so‘mga kamayib 164 ming so‘mni tashkil etgan.

Mazkur farq oylik daromadi 2-4 mln. so‘m bo‘lgan uy xo‘jaliklarida 161 ming so‘mga, daromadi 10 mln. so‘mdan yuqori bo‘lgan uy xo‘jaliklarida 528 ming so‘mni tashkil etdi.

Tahlillar Uy xo‘jaliklari daromadlari va xarajatlari bo‘yicha so‘rov (UDXS)1 natijalari hamda hududlar kesimidagi iste’mol narxlari indeksi (INI)2 ma’lumotlari asosida amalga oshirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

go'sht

Baholaganlar

161

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing