O‘zbekistonda go‘sht narxi qimmatlashdi
Jamiyat
−
26 mart 15711 1 daqiqa
O‘zbekistonda bir oyda go‘sht narxi 8 foizgacha qimmatlashdi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi taqdim etgan ma’lumotlarda ko‘rinadi.
Qayd etilishicha, 24 mart holatiga ko‘ra, Toshkent shahridagi “Eski juva” (Chorsu) bozorida mol go‘shtining ulgurji narxi 75−108 ming so‘mni tashkil etgan.
Go‘shtning minimal narxi bir haftada 7,1 foizga, maksimal narxi esa 2,9 foizga qimmatlashgan. Bir oyda esa narxlar mos ravishda 7,1 va 8 foizgacha ko‘tarilgan.
Shu bilan birga, mol go‘shtining qovurg‘asi 75−80 ming, sarpanja 85−95 ming hamda son 90−100 ming so‘mga yetgan. Sovutilgan import go‘shti minimal 75 ming, maksimal 108 ming so‘mdan sotilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istondan O‘zbekistonga go‘sht eksporti hajmining yuqoriligi mamlakat ichidagi mol go‘shti narxiga ta’sir ko‘rsatgani haqida xabar berilgandi. U Qozog‘iston iste’mol qilinadigan miqdordan ko‘proq go‘sht ishlab chiqarishini va bu go‘shtning barcha turlariga tegishli ekanini bildirgan.
Live
Barchasi