O‘zbekistonda 9 oy ichida qancha “oltmishvoy” va “yetmishvoy”lar tug‘ildi?

Jamiyat

image

Joriy yilning 3-choragida 60 yoshdan keyin 439 nafar, 70 yoshdan keyin 33 nafar erkak farzandli bo‘ldi. Bu haqda Adliya vazirligi hisobot e’lon qildi.

Hisobotga ko‘ra, 2024 yilning 3-choragida respublika bo‘yicha 179 425 ta nikoh qayd etilgan bo‘lib, ularning 149 814 tasi 30 yoshgacha bo‘lgan juftliklar o‘rtasida tuzilgan. Bu bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Samarqand viloyatida qayd etilgan. Oilalar o‘rtacha 24 yoshda nikoh tuzgan.

50 yoshdan yuqori bo‘lgan fuqarolar o‘rtasida nikohlar soni esa 998 tani tashkil etgan (Toshkent shahrida eng ko‘p qayd etilgan).

Hisobotda ushbu davr mobaynidagi tug‘ilishlar soni ham ko‘rsatilgan bo‘lib, unga ko‘ra, 3 489 nafar fuqaro 20 yoshgacha farzandli bo‘lgan. Ayollarda esa bu ko‘rsatkich 104 509 nafarni tashkil etgan.

Shuningdek, 60 yoshdan keyin 439 nafar, 70 yoshdan keyin 33 nafar otalar va 50 yoshdan keyin 15 nafar onalar farzandli bo‘lgan.

Egizaklar umumiy soni 17 ming 106 nafar:

Eng ko‘p egizak tug‘ilish Farg‘ona viloyatida (2 ming 63 nafar)

Eng kam egizak tug‘ilish Sirdaryo viloyatida (391 nafar).

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan O‘zbekistonda 18 yoshga to‘lmagan yigit va qizlarni unashtirish marosimlarini o‘tkazish taqiqlanishi bo‘yicha tegishli qonun loyihasi ishlab chiqilib, muhokamaga qo‘yilgani xabar qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston “oltmishvoy”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing