O‘zbekistonda 6 soat ichida koronavirusga chalingan 135 nafar bemor aniqlandi

Jamiyat

image

28 iyun soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana 135 nafarga ortib, 7948 nafarni tashkil etmoqda.
 
Yangi kasallanish holatlari:

108 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 14 nafari Qashqadaryo viloyatida (barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib karantinga olinganlar) orasida;

11 nafari Toshkent shahrida (shundan 10 nafari kasallikka chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib karantinga olinganlar orasida, 1 nafari aholi orasida);

2 nafari Sirdaryo viloyatida (shundan 1 nafari aholi orasida, 1 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida) aniqlangan.
 
Ayni paytda mamlakatda 5329 (+89) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (67 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 2597 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, soat 17:00 holatiga ko‘ra koronavirusga chalinganlar 7813 nafarni tashkil etayotgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

181

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing