O‘zbekistonda 5 ta yangi aviakompaniya tashkil etiladi

Jamiyat

image

2020 yilda O‘zbekistonga keladigan turistlar sonini 7,5 millionga yetkazish ko‘zda tutilgan. Buning uchun 5 ta yangi aviakompaniya tashkil etish belgilangan. Bu haqda “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi va 2020 yil Davlat dasturi loyihasida qayd etilgan.

Mazkur vazifa uchun Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Transport vazirligi, vazirlik va idoralar mas’ul etib belgilangan. Muddat 2020 yilning 1 apreligacha.

Chora-tadbirlar dasturida:

•    fuqarolariga vizasiz rejim joriy qilinadigan mamlakatlar sonini yanada ko‘paytirish;

•    mamlakatda fuqaro aviatashishlarini amalga oshiruvchi kamida 5 ta yangi rezident aviakompaniyalar tashkil etish;

•    yangi aviareyslar ochish va qatnovlar davriyligini oshirish aosida mavjud aviaqatnovlar sonini qo‘shimcha 2,8 mingtaga ko‘paytirish;

•    IATA (Havo transporti xalqaro assotsiatsiyasi) “Summer-2021” yozgi mavsum boshlanguncha “Ochiq osmon” rejimi tatbiq etilgan mamlakatning xalqaro aeroportlarining har birida yangi 10 ta xalqaro aviareysni yo‘lga qo‘yish;

•    aviareyslar sonini oshirish maqsadida maqsadli mamlakatlarda jadal marketing kampaniyasini olib borish;

•    turizm sohasida nufuzli xalqaro reytinglarda, xususan Butunjahon sayohat va turizm kengashi (World Travel & Tourism Council) reytingida O‘zbekiston o‘rnini yaxshilash;

•    Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining, jumladan xorijiy kompaniyalarni jalb qilgan holda xorijiy diplomatik vakolatxonalarda elchining birinchi o‘rinbosari maqomiga tenglashtirilgan vakillarini tayinlash mexanizmini joriy qilish nazarda tutiladi.


Maqola muallifi

Teglar

turizm aviakompaniya

Baholaganlar

86

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing