O‘zbekistonda 4 ming tonnadan ziyod sifatsiz benzin sotilayotgani aniqlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston bo‘ylab katta miqdorda talabga javob bermaydigan benzin sotilayotgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” AJ axborot xizmati xabar berdi. 

Joriy yilda kelib tushgan murojaatlar asosida “O‘zenergoinspeksiya” xodimlari tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlarga asosan Kuchlik neft bazasi (73,2 tonna), Navoiy neft bazasi ( 38,7 tonna), Urganch neft bazasi (2,072 ming tonna) va Buxoro neft bazasi (1,86 ming tonna) MCHJlarida saqlanayotgan avtobenzin sifati davlat standarti talablariga javob bermasligi aniqlangan. Bu hududlardagi neft ba’zalarida avtobenzin tarkibidagi qatron (smola) va oltingugurt (sera) miqdori belgilangan me’yordan yuqori hamda bir holatda (“Navoiy neft bazasi” MCHJ) oktan soni me’yoridan pastligi aniqlangan. Jami aniqlangan sifatsiz mahsulotlar miqdori 4,044 ming tonnani tashkil etgan.

Shuningdek, xabarda aytilishicha, Kuchlik (73,2 tonna) va Navoiy (38,7 tonna) neft bazalarida aniqlangan sifatsiz neft mahsulotlari tegishli normalar asosida o‘rnatilgan tartibda tiklanib, iste’molchilarga sifatli tarzda yetkazib berilgan. Shundan so‘ng neft mahsulotlarining sifati bo‘yicha iste’molchilardan e’tirozlar bo‘lmagan.

“Urganch neft bazasi” MCHJ va uning Shovot hamda Xonqa filiallarida (2,072 ming tonna) aniqlangan sifatsiz avtobenzinning 587,0 tonnasi hamda “Buxoro neft bazasi” MCHJ va uning Qorako‘l filialida (1,86 ming tonna) aniqlangan sifatsiz neft mahsulotlarining 323 tonnasini “O‘zenergoinspeksiya”ning majburiy ko‘rsatmasiga asosan, o‘rnatilgan tartibda sifati tiklanib, iste’molchilarga yetkazib berilgan. Ushbu mahsulot bo‘yicha ham iste’molchilardan e’tirozlar kelib tushmagan. Hozirgi kunda 1,485 ming tonna avtobenzinining sifatini tiklash ishlari davom ettirilmoqda”, deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, hozirgi kunda 1,537 ming tonna avtobenzinning sifatini tiklash ishlari davom ettirilmoqda. Neft mahsulotlari sifatining buzilishiga yo‘l qo‘ygan 4 nafar rahbar va 4 nafar xodim faoliyatiga nisbatan huquqiy baho berilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Afg‘onistonni boshqarayotgan “Tolibon” hukumati O‘zbekistondan jo‘natilgan 67 ta sisternadagi neftni sifatsiz deya baholab, qaytarib yuborgan edi. “O‘zbekneftgaz” esa “Tolibon”ning da’volarini rad etib, neft sifatli ekanini bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

neft'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing