“Tolibon” O‘zbekiston neftini qaytarib yubordi (video)

Jamiyat

image

Afg‘onistonni boshqarayotgan “Tolibon” hukumati 67 ta sisternadagi neftni O‘zbekistonga qaytarib yubordi. Bu haqda “Tolibon”ning Milliy standartlar agentligi X platformasidagi sahifasida ma’lum qildi. 

Neftni qaytarib yuborilishiga uning sifatsizligi sabab qilib ko‘rsatilgan.

"Milliy standartlar agentligi birinchi marta sifat muammosi tufayli 67 ta neft tankerini O‘zbekistonga qaytardi",  deyiladi “Tolibon” bayonotida.

Shuningdek, agentlik sifatsiz neft importiga qarshi turish bo‘yicha qadam tashlaganini qo‘shimcha qilgan.

QALAMPIR.UZ mazkur masalaga aniqlik kiritish maqsadida "O‘zbekiston Temir Yo‘llari" AJ bilan bog‘landi. Ma’lum bo‘lishicha, "Tolibon" tarafidan qaytarib yuborilgan neft Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumanidan va Farg‘ona viloyatining Oxunboboyev tumanidan yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yanvar oyida “Tolibon” tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Amirxon Mutaqqiy O‘zbekistondan shartnoma asosida elektr energiyasi eksport qilishni so‘rab, murojaat bilan chiqqandi. Shundan so‘ng, O‘zbekiston Energetika vazirligi Afg‘onistonga elektr energiyasini yetkazib berish tiklanishini ma’lum qildi. Iyun oyiga kelib “Da Afghanistan Breshna Sherkat” elektr kompaniyasining tijorat direktori Abdul-Rahmon Rahimiy Afg‘aniston O‘zbekistondan 94 million dollarlik elektr energiyasi import qilganini e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston O'zbekiston neft' Tolibon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing