O‘zbekistonda 2 ta oltin koni turizm ob’ektiga aylantiriladi

Jamiyat

image

Navoiy tog‘-kon metallurgiya kombinatiga qarashli Amantoytov va Dovgiztov konlari hududida geoturizm va sanoat turizm yo‘nalishidagi infratuzilma ob’ektlari yaqindan o‘rganildi. Bundan maqsad hududda sanoat turizmini rivojlantirish, deb xabar bermoqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati.

Navoiy viloyati sanoatlashgan hududligi bois, unda geoturizm va sanoat turizm yo‘nalishlarini rivojlantirish borasida Navoiy kon metallurgiya kombinati davlat korxonasi tasarrufidagi oltin, ruda va boshqa mineral resurslar qazib oluvchi konlardagi mavjud infratuzilma ob’ektlari o‘rganildi. Kelgusida Amantoytov va Dovgiztov konlarini sayyohlar tashrif buyuradigan turistik maskanga aylantirish rejalashtirilgan.

Ma’lumot o‘rnida, Amantoytov va Dovgiztov konlari markaziy Qizilqum cho‘lining ruda maydoni mintaqasidagi konlar bo‘lib, Navoiy shahridan 180 km shimolda, Zarafshon shahridan 40 km sharqda joylashgan. Ruda zahirasi ko‘lami, rudani qazib olish texnologik sharoitining qulayligi, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatining yuqoriligi va boshqa xususiyatlariga ko‘ra dunyodagi noyob konlar sirasiga kiradi.

Mazkur oltin qazib olish konida, ishlab chiqarish jarayoniga halal bermagan holda xorijiy va mahalliy sayyohlar uchun eksklyuziv nou-xau va sanoat turizmining yangicha uslubdagi yo‘nalishini tashkil qilish maqsad qilingan. 

Xorijiy va mahalliy sayyohlarning xavfsizligi ta’minlangan holda oltin qazib olish konida tog‘ jinslarini portlatish hamda ishlab chiqarish jarayonlarini uzoq masofadan, panarama oynali maydonchalarda turib kuzatish, shuningdek, mazkur hududda ular uchun yengil konstruksiyali dam olish maskanlari hamda qo‘shimcha xizmat ko‘rsatish ob’ektlarini tashkil etish rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

turizm oltin koni

Baholaganlar

104

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing