Özbekistonda 2030 yilgaça turizmga 3,1 trln söm yönaltiriladi
O‘zbekiston
−
545 5 daqiqa
2030 yilga qadar turizm infratuzilmasini rivojlantirişga 3,1 trillion söm yönaltiriş rejalaştirilgan. Bu haqda bugun, 26 noyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev tanişgan turizm sohasida amalga oşirilayotgan işlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar hamda Buxoro viloyatidagi yirik loyihalar yuzasidan taqdimotda söz boradi.
Qayd etilişiça, taqdimotda Buxoro şahrining tarixiy markazini rivojlantiriş böyiça master-reja, me’moriy yodgorliklarni asrab-avaylaş, ulardan samarali foydalaniş hamda zamonaviy madaniy va turizm infratuzilmasini şakllantirişga qaratilgan loyihalar körib çiqilgan.
Xususan, Ark muzey-qöriqxonasida restavratsiya işlarini amalga oşiriş va muzey ekspozitsiyalarini zamonaviy talablar asosida taşkil etiş, “Qöş madrasa” me’moriy ansamblini tiklaş, Buxoro musiqali drama teatrini rekonstruksiya qiliş, Somoniylar boğini obodonlaştiriş böyiça takliflar taqdimot qilingan.
Jadidlar merosi davlat muzeyi va Buxoro davlat san’at muzeyini taşkil etiş, ularda tarixiy muhit bilan uyğunlaşgan holda zamonaviy körgazma maydonlarini yaratiş rejalari haqida axborot berilgan.
Buxoroning tarixiy markazida savdo va xizmat körsatiş ob’ektlarini yagona me’moriy uslub asosida tartibga keltiriş, piyodalar uçun qulay muhit yaratiş, bu boradagi barça işlarni YUNESKO talablariga muvofiq amalga oşiriş nazarda tutilmoqda.
2027 yilda ikkinçi Buxoro xalqaro biyennalesini ötkaziş konsepsiyasi ham körib çiqilgan. Uning doirasida Somoniylar boğidan Ark qal’asi va Poyi Kalon majmuasi orqali Labi Hovuz ansambligaça bölgan tarixiy obidalar, körgazma va jamoat maydonlarini birlaştiruvçi 2,3 kilometrlik yagona madaniy sayr yönalişini şakllantiriş közda tutilgan.
Şuningdek, AQŞ va Koreya Respublikasi taşkilotlari bilan hamkorlikda madaniy meros ob’ektlarini raqamlaştiriş, ularning uç ölçamli modellarini yaratiş, arxeologik aşyolarni muhofaza qiliş va soha mutaxassislarining malakasini oşiriş böyiça amalga oşirilayotgan loyihalar haqida axborot berilgan.
Taqdimotda mamlakatda turizm sohasini rivojlantiriş borasida erişilgan natijalar va navbatdagi vazifalar atrofliça muhokama qilingan.
Joriy yilning ön oyida Özbekistonga 11,6 million nafar xorijlik sayyoh taşrif buyurgan. Bu ötgan yilning mos davriga nisbatan 20 foizga köp. Turizm xizmatlari eksporti 1,5 barobar oşib, 6,1 milliard dollarga yetdi. Sayyohlarning mamlakatimizdagi örtaça xarajatlari 26 foizga köpaygan.
2030 yilga qadar mamlakatga taşrif buyuruvçi xorijlik sayyohlar sonini yiliga 20 million nafarga, turizm xizmatlari eksportini 10 milliard dollarga, sohada band aholi sonini 2 million nafarga yetkaziş hamda turizmning yalpi içki mahsulotdagi uluşini 7 foizga oşiriş maqsad qilingan.
Davlat rahbarining topşiriğiga muvofiq, mas’ullar hududlarda turizm sohasida faoliyat yuritayotgan 2 mingdan ortiq tadbirkor bilan uçraşib, ularning muammo va takliflarini örgangan.
Xususan, turistik hududlarda elektr energiyasi quvvatlarining yetişmasligi, elektr va gaz uçun oldindan tölovlar miqdorining yuqoriligi, mehmonxonalarda valyuta ayirboşlaş xizmatlaridan foydalaniş imkoniyatlarining çeklangani, toğli joylarda sayyohlarni avtobus va mikroavtobuslarda taşiş bilan boğliq masalalar kötarilgan.
Tadbirkorlar tomonidan muqobil energiya manbalaridan foydalanişni rağbatlantiriş, kredit olişda kafillik beriş, yer uçastkalari uçun tölovlarni bölib-bölib amalga oşiriş, mehmonxona biznesi va köngiloçar xizmatlarni rivojlantirişga qöşimça imtiyozlar joriy etiş böyiça takliflar bildirilgan.
Prezident mutasaddilar oldiga tadbirkorlar kötargan har bir masalani çuqur örganib, ularning aniq yeçimlarini işlab çiqiş vazifasini qöygan.
Turistlar oqimining asosan an’anaviy sayyohlik markazlarida jamlanayotgani mavjud infratuzilmaga ortiqça yuklama tuşişiga sabab bölmoqda. Şu bois, turizm geografiyasini kengaytiriş, hududlarning öziga xos imkoniyatlaridan kelib çiqib, yangi turmahsulotlarni şakllantirişga alohida e’tibor qaratilgan.
Ekologik, etnografik, agrar, gastronomik, ekstremal, tibbiy, işbilarmonlik va kinoturizm kabi istiqbolli yönalişlarni rivojlantiriş, ular uçun zarur infratuzilmani yaratiş va malakali mutaxassislar tayyorlaş böyiça takliflar körib çiqilgan.
“Bir mahalla – bir turmahsulot” tamoyili asosida mahalla va qişloqlarni turistik yönalişlarga kiritiş, sayyohlarni mahalliy aholining turmuş tarzi, milliy urf-odatlar, hunarmandçilik va pazandalik an’analari bilan yaqindan taniştiriş orqali aholi uçun qöşimça daromad manbalarini yaratiş nazarda tutilmoqda.
Hududlarning turizm salohiyatini master-rejalar asosida rivojlantiriş işlari haqida ham axborot berilgan. 2026-2027 yillarda jami 34 ta master-reja işlab çiqiş belgilangan bölib, bugungi kunga qadar ularning 13 tasi tayyorlangan.
Jumladan, Nurota tumanidagi qadimiy Koriz suv inşooti negizida oçiq osmon ostidagi muzey va dam oliş maskanini barpo etiş, Namanganda gulçilik turizmini rivojlantiriş, sanatoriy-kurort hududlarini kompleks obodonlaştiriş böyiça loyihalar taqdimot qilingan.
Tödaköl turizm-rekreatsiya zonasini rivojlantiriş konsepsiyasi körib çiqilgan. Unda hududning tabiiy landşafti bilan uyğunlaşgan mehmonxonalar, dam oliş va soğlomlaştiriş maskanlari, ekoturizm ob’ektlari hamda suv böyida zamonaviy turistik infratuzilmani barpo etiş közda tutilgan.
Yangi turizm loyihalarini amalga oşiriş uçun 5 ming gektar yer maydonini auksion savdolariga çiqariş, 2030 yilga qadar turizm infratuzilmasini rivojlantirişga 3,1 trillion söm yönaltiriş rejalaştirilgan.
Şuningdek, Turizm loyihalarini qöllab-quvvatlaş jamğarmasini taşkil etib, unga kelgusi yilda 100 milliard söm ajratiş nazarda tutilmoqda.
Jamğarma mablağlari hisobidan sayyohlarni jalb etuvçi yangi maskanlarni barpo etiş, tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar ajratiş, kredit foizlarining bir qismini kompensatsiya qiliş va zamonaviy köngiloçar xizmatlarni yölga qöyişni subsidiyalaş taklif etilgan.
Mamlakatning sayyohlik salohiyatini xalqaro miqyosda keng tarğib qiliş, ustuvor taşqi bozorlarda maqsadli marketing kampaniyalarini ötkaziş, yetakçi xorijiy turoperatorlar va raqamli platformalar bilan hamkorlikni kengaytiriş çora-tadbirlari köriladi.
Bunda xalqaro aviaqatnovlar geografiyasini kengaytiriş, hududlar örtasidagi transport aloqalarini yaxşilaş, mehmonxonalar, umumiy ovqatlaniş va ekskursiya xizmatlarining sifatini xalqaro standartlar asosida oşiriş muhim ahamiyatga ega ekani qayd etilgan.
Yirik xalqaro anjuman va forumlarni ötkaziş muddatlarini rejalaştirişda turizm mavsumlarini inobatga oliş zarurligiga alohida e’tibor qaratilgan. Turizm qömitasiga vazirlik va idoralar bilan birgalikda mazkur tadbirlarni sayyohlar oqimi nisbatan kam bölgan davrlarga qayta taqsimlaş topşirilgan.
Live
Barçasi