Şavkat Mirziyoyev Misr Prezidentiga ta’ziya yölladi
O‘zbekiston
−
2040 1 daqiqa
Bugun, 26 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Misr poytaxti Qohira şahrida avtohalokat tufayli yuzaga kelgan kuçli yonğin oqibatida köplab insonlar qurbon bölgani va jarohat olgani munosabati bilan Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisiga ta’ziya yölladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi ma’lum qildi.
Uning bildirişiça, davlat rahbari halok bölganlarning oila a’zolari va yaqinlariga çuqur hamdardlik izhor etib, jarohatlanganlar tez fursatda soğayib ketişini tilagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Misr poytaxti Qohira şahrini aylanib ötuvçi avtomobil yölida yonilği taşuvçi sisterna ağdarilib, yirik yonğin yuzaga kelgani haqida xabar berilgan edi. Hodisa oqibatida kamida 31 kişi halok bölgan, yana 21 kişi jarohatlangan.
Hodisa Qohira tarkibiga kiruvçi Giza şahrining aholi ziç yaşaydigan Varrak mahallasida sodir bölgan. Davlat OAV xabarlariga köra, yonilği taşuvçi yuk maşinasi ağdarilganidan keyin yonğin boşlangan. Alanga tezda atrofdagi avtomobillarga ham tarqalgan. Oqibatda 20 dan ortiq avtomobil va mototsikl yonib ketgan.
Live
Barçasi