O‘zbekistonda 1225 ta namuna koronavirus infeksiyasiga tekshirildi

Jamiyat

image
TIV koronavirus masalasida O‘zbekiston fuqarolarini jiddiy ogohlantirdi north_east

TIV koronavirus masalasida O‘zbekiston fuqarolarini jiddiy ogohlantirdi

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-yepidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan 2020 yilning 25 fevral kuni olingan rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 80 147 nafar, Xitoy Xalq Respublikasida 77 779 nafar shaxs koronavirus “COVID-19” infeksiyasi bilan kasallanib, kunlik o‘sish 517 nafarni (0.7 foiz) tashkil etmoqda.

Joriy yilning 24 fevral kuni Toshkent xalqaro aeroportiga horijiy davlatlardan 32 ta reys orqali 4 430 nafar, temir yo‘llar orqali 3 ta poyezdda jami 603 nafar shaxs, shuningdek, davlat chegara bojxona postlari orqali 1 815 ta avtotransportning egalari va  31 324 nafar yo‘lovchi shaxs termometriyadan o‘tkazilgan. Shulardan 35 nafari Xitoy Xalq Respublikasi fuqarosi hamda 4 nafari Xitoyda bo‘lib, qaytayotgan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish tadbirlari davomida epidemiologik ko‘rsatmaga asosan joriy yilning 25 fevraliga qadar jami 1 225 ta namuna koronavirus infeksiyasiga tekshirilgan va koronavirus infeksiyasi aniqlanmagan.

“O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-yepidemiologik osoyishtalik agentligining koronavirusga qarshi markaziy shtabi shuni ma’lum qiladiki, joriy yilning 25 fevral holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida koronavirus kasalligi qayd etilmadi”, deyiladi xabarda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi o‘rtasida koronavirus infeksiyasi bo‘yicha epidemiologik barqarorlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan barcha profilaktik va epidemiyaga qarshi tadbirlar Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-yepidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan xalqaro tibbiy sanitariya qoidalar talablari asosida amalga oshirilmoqda. Mazkur tadbirlarda mutasaddi vazirliklar, idoralar va keng jamoatchilik faol ishtirok etmoqda.

Bu kasallikni Respublika hududiga kirib kelishi va tarqalishini oldini olish borasida amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar Sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi agentligi tomonidan nazoratga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston koronavirus

Baholaganlar

156

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing