O‘zbekistonda 1 mln so‘mlik banknota chiqarildimi?
Jamiyat
−
18:51 4130 2 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zvekistonda 1 mln so‘mlik banknota muomalaga chiqarilgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur xabarlar yuzasidan Markaziy bank munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, 1 mln so‘mlik banknota chiqarilgani haqidagi xabarlar asossiz va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
“Barcha rasmiy ma’lumotlar uchun Markaziy bankning rasmiy sahifalarini kuzatib borishingizni so‘raymiz”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, hozirda O‘zbekistonda 100, 200, 500 va 1000 so‘mlik tangalar, shuningdek, 1000, 2000, 5000, 10 000, 20 000, 50 000, 100 000 va 200 000 ming so‘mlik qog‘oz banknotalar amal qilmoqda.
Xususan, Markaziy bank tomonidan 2021–2022 yillarda muomalaga kiritilgan “Buyuk Ipak yo‘li” va O‘zbekiston tarixiga bag‘ishlangan yangi dizayndagi banknotalar (2 000, 5 000, 10 000, 20 000, 50 000, 100 000 va 200 000 so‘mlik) asosiy to‘lov vositasi bo‘lib xizmat qilmoqda. Eskiroq namunadagi 1 000, 5 000, 10 000, 50 000 va 100 000 so‘mlik qog‘oz pullar ham qonuniy to‘lov kuchini yo‘qotmagan va yangi banknotalar bilan bir qatorda parallel ravishda ishlatilmoqda.
“O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida"gi qonunining 39-moddasiga asosan O‘zbekiston pul belgilarining nominal qiymati regulyator tomonidan belgilanadi. Mazkur qonunning 40-moddasiga muvofiq, Markaziy bank mamlakat hududida qonuniy to‘lov vositasi sifatida pul belgilarini muomalaga chiqarishda mutlaq huquqqa ega hisoblanadi.
Shu bilan birga, yangi namunalardagi pul belgilari muomalaga chiqarilishi to‘g‘risidagi xabar hamda ularning tavsiflari Markaziy bank tomonidan OAVda e’lon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, 2026 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda muomaladagi naqd pullar tarkibidagi eng katta ulushni 36,4 foiz bilan 100 ming so‘mlik banknotalar egallagan. Ikkinchi o‘rindan 28,5 foiz bilan 200 ming so‘mlik pullar joy olgan.
Live
Barchasi