Özbekistonga 9 oyda qança pul kelib tuşgani ma’lum böldi
Jamiyat
−
21:40 641 2 daqiqa
Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida xalqaro pul ötkazmalari orqali Özbekistonga 15,2 mlrd dollar miqdorida valyuta mablağlari kelib tuşgan bölsa, 2 mlrd dollar çiqib ketdi. Bu haqda Markaziy bank tomonidan e’lon qilingan içki valyuta bozori şarhida keltirilgan.
Qayd etilişiça, hisobot davrida Özbekistonda xorijiy valyutaga bölgan talab 50,4 mlrd AQŞ dollarini taşkil etib, 2025 yilning mos davriga nisbatan 17,9 foizga oşgan. Içki valyuta bozorida xorijiy valyuta taklifi (Markaziy bank operatsiyalarin hisobga olmagan holda) 43,8 mlrd dollarni taşkil etib, 2025 yilning yanvar-sentyabr oylariga nisbatan 25,3 foizga ösgan. Şuningdek, mazkur davrda yuridik şaxslar tomonidan xorijiy valyutaga talab 2025 yilning yanvar-sentyabr oylariga nisbatan 15,3 foizga, xorijiy valyuta taklifi hajmi 26,7 foizga oşgan.
Şu bilan birga, eksport tuşumlarining 9,5 mlrd dollari yoki 57,2 foizi içki valyuta bozorida sotilgan (2025 yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 33 foiz yoki qariyb 2,4 mlrd dollarga köp). Aholi tomonidan tijorat banklariga 18,9 mlrd dollar sotilib, uşbu körsatkiç 2025 yilning 9 oylik yakunlariga nisbatan 1,2 barobarga oşgan (2025 yil yanvar-sentyabr – 15,3 mlrd dollar).
2026 yilning yanvar-sentyabr oylarida xalqaro pul ötkazmalari orqali Özbekistonga 15,2 mlrd dollar miqdorida valyuta mablağlari kelib tuşgan bölsa, 2 mlrd dollar mablağ çiqib ketgan hamda 13,2 mlrd dollarlik ijobiy saldo yuzaga kelgan.

Joriy yilning dastlabki 9 oyi davomida milliy valyuta ayirboşlaş kursi 1 AQŞ dollari uçun 11 765 – 12 320 söm diapazonida tebrangan va sentyabr oyi yakunida 11 821 sömni taşkil etgan holda, yil boşiga nisbatan 1,5 foizga qadri oşgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq joriy yilning 6 oyida xalqaro pul ötkazmalari orqali Özbekistonga 9,3 mlrd dollar miqdorida valyuta mablağlari kelib tuşgan bölsa, 1,3 mlrd dollar mablağ çiqib ketgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi