O‘zbekistonga 6 oyda qancha pul kelib tushgani ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
23 iyul 10579 2 daqiqa
Joriy yilning 6 oyida xalqaro pul o‘tkazmalari orqali O‘zbekistonga 9,3 mlrd dollar miqdorida valyuta mablag‘lari kelib tushgan bo‘lsa, 1,3 mlrd dollar mablag‘ chiqib ketgan. Bu haqda Markaziy bank tomonidan e’lon qilingan Ichki valyuta bozori sharhida keltirilgan.
Unga ko‘ra, aholi tomonidan tijorat banklariga 12,3 mlrd dollar sotilib, ushbu ko‘rsatkich 2025 yilning I yarim yilligiga nisbatan qariyb 1,4 barobarga oshgan (2025 yil yanvar-iyun – 9,1 mlrd dollar). Mazkur davrda jismoniy shaxslar tomonidan 6,8 mlrd dollar sotib olinib, ushbu ko‘rsatkich 2025 yilning I yarim yilligiga nisbatan 26 foizga o‘sgan (2025 yilda – 5,4 mlrd dollar). Natijada jismoniy shaxslar tomonidan xorijiy valyuta taklifi hajmi unga bo‘lgan talab hajmidan 5,5 mlrd dollarga ortiq bo‘lgan.
Shuningdek, 2026 yilning yanvar-iyun oylarida xalqaro pul o‘tkazmalari orqali mamlakatga 9,3 mlrd dollar miqdorida valyuta mablag‘lari kelib tushgan bo‘lsa, 1,3 mlrd dollar mablag‘ chiqib ketgan. Shu orqali 8 mlrd dollarlik ijobiy saldo shakllangan.
Bundan tashqari, 2026 yilning I yarim yilligida yuridik shaxslarning valyuta taklifi, eksport tushumlari va pul o‘tkazmalari hajmining oshishi natijasida ichki valyuta bozorida valyuta almashuv kursi nisbatan barqaror shakllangan. Bunda milliy valyuta ayirboshlash kursi 11 935 – 12 320 so‘m/AQSH dollari diapazonida tebranib, hisobot davri yakunlari bo‘yicha 12 009 so‘m/AQSH dollarni tashkil etgan holda yil boshiga nisbatan o‘zgarishsiz qolgan. 2026 yilning yanvar-iyun oylari davomida almashuv kursining kunlik ikki tomonlama tebranuvchanligi 30,2 so‘mgacha oshgan (o‘tgan yilning mos davrida – 22,7 so‘m).
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2026 yilning birinchi choragida O‘zbekistonga xalqaro pul o‘tkazmalari orqali kelib tushgan mablag‘lar hajmi 13 foizga oshib, 3,8 mlrd dollarni tashkil etgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi