Markaziy bank asosiy stavkani özgarişsiz qoldirdi
Jamiyat
−
11:09 294 1 daqiqa
Markaziy bank boşqaruvi bugun, 4 noyabrdagi yiğilişida asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida saqlab qoliş töğrisida qaror qabul qildi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, sentyabr oyida yillik inflyatsiya 6,4 foizni, bazaviy inflyatsiya esa 5,5 foizni taşkil etgan. Inflyatsion kutilmalar pasayişda davom etmoqda.
2026 yilning yanvar–sentyabr oylarida iqtisodiy ösiş 8,3 foizga yetgan. Yuqori içki talab inflyatsion bosimni saqlab qolmoqda.
Jahon bozorlarida oziq-ovqat va energiya resurslari narxlarining özgaruvçanligi inflyatsion xatarlarni kuçaytirmoqda. Ijobiy real foiz stavkalari va sömdagi jamğarmalarning jozibadorligi qat’iy pul-kredit şaroitlarini ta’minlamoqda.
Inflyatsiya prognozi: 2026 yil yakunida – 7 foiz atrofida, 2027 yil yakunida – 5 foizlik target darajasida.
Keyingi Boşqaruv yiğilişi joriy yilning 16 dekabr kuni ötkaziladi.
Live
Barchasi