O‘zbekistonda har yili aprel “Amir Temur oyligi” deb e’lon qilinadi
Jamiyat
−
13:39 867 2 daqiqa
O‘zbekistonda Amir Temur tavalludining 690 yilligi keng nishonlanadi. Xususan, har yili aprel oyi “Amir Temur oyligi” deb e’lon qilinadi. Bu haqda Prezidentning bugun, 6 fevral kuni qabul qilingan “Buyuk davlat arbobi va sarkarda, ilm-fan, madaniyat va san’at homiysi Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarorida so‘z boradi. https://president.uz/oz/lists/view/8917
Qarorga ko‘ra, joriy yilda Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi keng nishonlanadi. Har yili aprel oyi “Amir Temur oyligi” deb e’lon qilinadi va bunda ta’lim tashkilotlari va mahallalarda temurshunos olimlar, yozuvchi va san’atkorlar ishtirokida uchrashuvlar uyushtiriladi.
Quyidagilarni nazarda tutuvchi 2030 yilgacha mo‘ljallangan “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi, jumladan:
- 9–10 aprel kunlari Islom sivilizatsiyasi markazida “Amir Temur va temuriylar tamaddunining jahon tarixi va madaniyatidagi o‘rni va ahamiyati” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazish;
- “Temur tuzuklari” asarining ilmiy izohli matnini fors, arab, xitoy, ingliz, fransuz, ispan va rus tillarida chop etish;
- “Temuriylar davrining 100 nodir qo‘lyozmasi”, “Temuriylar davrining 100 nodir durdonasi” kitob-albomlarini yaratish;
- Temuriylar davri manbalari elektron platformasini yaratish.
Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tarkibi tasdiqlandi.
Live
Barchasi