O‘zbekiston JSTga a’zolik masalasini tezlashtirmoqchi

Jamiyat

image
YeOII yoki JST: O‘zbekiston qay biriga a’zo bo‘ladi? north_east

YeOII yoki JST: O‘zbekiston qay biriga a’zo bo‘ladi?

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Jahon savdo tashkiloti bilan muloqotlarni faollashtirish bo‘yicha 2020 yilga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi” loyihasini muhokama uchun e’lon qildi.

Hujjatga ko‘ra, O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha strategiya loyihasini ishlab chiqish joriy yilning 15 apreligacha yakunlanadi.

Avgust-sentyabr oylarida esa mamlakatning JSTga qo‘shilishi qishloq xo‘jaligi, sanoat, xizmatlar sohasi, kichik va xususiy biznesga qanday ta’sir qilishi bo‘yicha tahliliy axborot tayyorlash rejalashtirilgan.

Loyiha bilan JSTga qo‘shilish bo‘yicha ishchi guruhning to‘rtinchi yig‘ilishini o‘tkazish va o‘zbek delegatsiyasining tashkilotning vazirlar konferensiyasida ishtirok etishi rejalashtirilgan. JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha ishchi guruhning to‘rtinchi yig‘ilishini Jeneva shahrida o‘tkazish rejalashtirilgan.

Hujjatga biriktirilgan tushuntirish xatida loyiha maqsadi “aloqador vazirlik va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish orqali respublikaning JSTga qo‘shilish jarayonini tezlashtirish va samaradorligini oshirishdan iborat.

Loyiha joriy yilning 3 apreligacha muhokamada bo‘ladi. Loyiha rus tilida e’lon qilingan bo‘lib, uning to‘liq shakli bilan quyidagi ilova orqali tanishishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, mamlakatning JSTga qo‘shilish jarayoni 2019 yil iyulda O‘zbekiston JSTga Tashqi savdo rejimi to‘g‘risidagi Memorandumni tashkilotga a’zolik arizasini ko‘rib chiqish uchun topshirganidan keyin boshlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

JST Jahon savdo tashkiloti Yo'l xaritasi

Baholaganlar

239

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing