O‘zbekiston YeOIIga qo‘shilsa, mustaqillikni boshqa davlat qo‘liga berib qo‘yadimi?
Jamiyat
−
20 yanvar 2020
13743O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning YeOIIga qo‘shilishi va bu orqali siyosiy, iqtisodiy mustaqillikni boshqa mamlakat qo‘liga berib qo‘yish xavfi haqidagi gap-so‘zlarga to‘xtaldi. Davlat rahbari avvalo xorijda ishlayotgan ayollar masalasiga e’tibor qaratdi.
“Ko‘zimga yosh keladi yosh qizlarimizning chet elda yurganini eshitsam. Eri bilan, oilasi bilan ketgan bo‘lsa mayli... Ko‘p odamlarimiz chet elda ishlab yuribdi. Qo‘shnilarimiz, Qozog‘iston va Rossiyani bepisand qilishimiz mumkinmi shuncha odamimiz o‘sha yerda yurganda. Mustaqillikni hech kimga berib qo‘ymaymiz. U xalqning va Prezidentning qo‘lida. Anoyi emasmiz. Biz unga a’zo bo‘lib kirmayapsiz. Bizga ma’qulmi, yo‘qmi... Meva-sabzavotlarimizni qayta ishlash bo‘yicha juda katta ish boshladik. Bizda 30 yil ichida eskportga yo‘naltirilgan birorta mahsulotimiz standartga to‘g‘ri kelmaydi. Bir narsani tushuninglar, shuncha mahsulotni qayerga olib borib sotamiz? Kim bizdan oladi, kim? Ertaga xolodilnikda saqlolmaymiz. To‘g‘ri yevropaga olib borsak qimmatroq bo‘ladi, lekin u standartni kim beradi bizga? Yerimiz yillar davomida zaharlangan”, deydi davlat rahbari.
Prezident mustaqillikni boshqa mamlakat qo‘liga berib qo‘yish haqidagi gap so‘zlar shunchaki havoyi gaplar ekanini ta’kidladi.
“Mustaqilligini berib qo‘yadi degan gaplar havoyi gaplar. Islohotlarimizga hayrixoh bo‘lib tursin, oyoqqa turib olaylik. Kuzatuvchi degani a’zo degani emas. U qarab, tomoshabin bo‘lib turadi. Biz Vladimir Vladimirovich bilan kelishib oldik. Men hozircha ko‘p narsani sizlarga aytolmayman, juda katta ish boshlab qo‘yganmiz
Iqtisodiyotimizni barqaror qilish uchun 50 mlrd kerak. Kim beradi bu pulni. Bergan odam kredit beradi, xolos”, deydi davlat rahbari.
LiveBarchasi