O‘zbekiston yangi murabbiy qo‘l ostida Shvetsiya bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

Sport

−

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Shvetsiya bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.

OFK kalendariga muvofiq, joriy yilning 30 avgustidan 7 sentyabriga qadar Osiyoda milliy terma jamoalar uchun FIFA kunlari bo‘lib o‘tadi.

FIFA kunlaridan unumli foydalanish maqsadida O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham ushbu muddat davomida Toshkent va Stokgolm shaharlarida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazadi.

Shuningdek, yig‘in davomida Shvetsiya terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. O‘yin 5 sentyabr kuni Stokgolmdagi “Friends” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq O‘zbekiston terma jamoasiga sloveniyalik Srochko Katanets bosh murabbiy etib tayinlanishi kutilayotgani haqida xabar bergan edik.

Ma’lumot o‘rnida, Shvetsiya Yevro-2020 musobaqasida nimchorak finalga qadar yetib borgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

296

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing