O‘zbekiston vaksina buyurtma qilgan. Uni birinchi bo‘lib kimlar olishi ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
22 dekabr 2020
10435O‘zbekiston Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining COVAX alyansi orqali 2 mln doza vaksina so‘rab, murojaat qilgan. Koronavirusga qarshi vaksinani birinchi bo‘lib, keksalar, shifokorlar, o‘qituvchilar, tarbiyachilar oladi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari, tibbiyot fanlari doktori Nurmat Otabekov ma’lum qildi.
“Modomiki qaysidir vaksina Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan tasdiqlansa, u O‘zbekistonga olib kelingach, birinchi galda 65 yoshdan yuqori bo‘lgan shaxslar, tibbiyot xodimlari, o‘qituvchilar, bog‘chalar tarbiyachilari emlanadi”, deydi Otabekov.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning dekabr oyi boshida Rossiya Sanoat va savdo vaziri Denis Manturov Rossiyaga “Sputnik V” rusumidagi 100 doza vaksinani Toshkentga shaxsan yetkazib berdi va O‘zbekistonga topshirdi.
Keyinchalik Rossiyaga ketayotgan o‘zbekistonliklar “Sputnik V” bilan emlanishi ma’lum bo‘ldi.
Shuningdek, “Bloomberg” nashri O‘zbekiston “Sputnik V” vaksinasiga 70 mln doza buyurtma bergani haqida xabar tarqatdi.
LiveBarchasi