O‘zbekiston va Tojikiston yangi temir yo‘l qurmoqchi

Jamiyat

image

Dushanbe shahrida Tojikiston va O‘zbekiston Transport vazirliklari vakillarining muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

Unda Panjbkent (Tojikiston) va Bulung‘ur/Jomboy (O‘zbekiston) uchastkasida yangi temir yo‘lni qurish masalasi ham muhokama qilindi.

Muzokaralarda Bekobod-Istiqlol temir yo‘lini elektrifikatsiya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, bu uchastkada tranzit yuk tashish hajmini ko‘paytirish imoniyati ko‘rib chiqilgan.

Yig‘ilishda tomonlar O‘zbekiston-Tojikiston-Xitoy transport yo‘lagini rivojlantirish va Hashtyak-Bekobod nazorat o‘tkazish punktini qayta tiklash mavzulariga ham to‘xtatib o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Tojikiston temir yo'l

Baholaganlar

720

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing