O‘zbekiston va Tojikiston ikki yirik shaharni temir yo‘l bilan bog‘lamoqchi

Jamiyat

image

Tojikiston va O‘zbekiston Panjikentni Samarqand temir yo‘llari bilan bog‘lash imkoniyatini ko‘rib chiqadi. Bu haqda Tojikiston transport vaziri Aziz Ibrohimga tayanib, “Aziya-Plyus” xabar bermoqda. 

Uning ta’kidlashicha, mazkur masala ikki mamlakat savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyasining Dushanbeda, shuningdek, Toshkentda o‘tkazilgan yig‘ilishlarida muhokama qilingan.

“Biz ikki mamlakat tadbirkorlari hisobidan qurilishi rejalashtirilgan temir yo‘l shoxobchasi qurilishi haqida gapiryapmiz”, - deydi vazir.

Aziz Ibrohimning so‘zlariga ko‘ra, asosiy masala qurilishi rejalashtirilayotgan tarmoqning qancha masofagacha yetib borishi. Shuningdek, ushbu temir yo‘l uchun qurilayotgan yo‘ldan ham yuk tashishda, ham yo‘lovchi temir yo‘l transporti sifatida foydalanish rejalashtirilganini ham aytib o‘tdi.

Vazirning ta’kidlashicha, ushbu yo‘l orqali, turistlar ham 5500 yillik tarixga ega Sarazm shahriga tashrif buyurishi mumkin.

Transport vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, temir yo‘l maydoni Panjikent shahridan Samarqandning Bulung‘ur temiryo‘l stansiyasigacha yetkazishni o‘z ichiga oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston O'zbekiston Temir yo'llari

Baholaganlar

465

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing