O‘zbekiston va Ozarbayjon fuqarolari chegaradan o‘tishda ID-kartadan foydalanishi mumkin bo‘ladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida ikki davlat fuqarolarining ID-kartalarini chegaradan o‘tish uchun rasmiy hujjat sifatida tan olish imkoniyatini muhokama qilish boshlandi. Bu haqda “Dunyo” xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonning Bakudagi elchixonasi ko‘magida ikki davlatning tegishli vazirlik va idoralari o‘rtasida ushbu masala muhokamasiga bag‘ishlangan onlayn uchrashuv tashkil etilgan. Ta’kidlanishicha, ushbu sa’y-harakat sayohatlarni yengillashtirish va ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.

"Tomonlar fuqarolar harakatini soddalashtirish, ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash va migratsiya siyosati sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan ushbu qadam muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdi", deyiladi xabarda.

Ma’lumki, ID-kartalardan foydalanish O‘zbekiston va Ozarbayjon fuqarolariga chet el pasportini olmasdan turib chegarani kesib o‘tish imkonini beradi, bu esa sayohat qilish qulayligini oshiradi va mamlakatlar o‘rtasidagi integratsiyani mustahkamlaydi. Shuningdek, mazkur qarorning qabul qilinishi O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, madaniy va sayyohlik aloqalarini rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yil 1 sentyabr kunidan boshlab O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ikki davlat o‘rtasidagi chegarani kesib o‘tishda identifikatsiya ID-kartasidan amalda foydalanib kelmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Ozarbayjon ID-karta

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing