O‘zbekiston va Koreya Respublikasi soliq xizmatlari o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasida Koreya Respublikasi milliy soliq xizmati rahbari Xan Sun Xi boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Ma’lumki, joriy yilning 18-21 aprel kunlari Koreya Respublikasi Prezidentining mamlakatimizga tashrifi davomida ko‘plab sohalar qatori, gumanitar, axborot texnologiyalari va ta’lim yo‘nalishida ham aloqalarni mustahkamlashga kelishib olingan edi.

Uchrashuvda soliq ma’muriyatchiligidagi o‘zgarishlarga doir taqdimotlar namoyish qilindi. Ta’kidlanganidek, har bir mamlakat uchun yagona bo‘lgan soliq tizimini joriy etish imkonsiz bo‘lib, faqatgina adolatli soliqqa tortish tizimini shakllantirish islohotlarning asosiy tamoyiliga aylanishi zarurdir.

Ikki davlat soliq xizmati rahbarlari tomonidan turli sohalarda, shu jumladan, ta’lim va mutaxassislar malakasini oshirish, shuningdek, axborot texnologiyalari yo‘nalishida o‘zaro tajriba almashishga kelishib olindi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Koreya Respublikasi milliy soliq xizmati o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Koreyalik mehmonlar Davlat soliq qo‘mitasining “Soliqlar tarixi” muzeyi eksponatlari bilan ham yaqindan tanishib, faxriy mehmonlar kitobiga dastxat qoldirdilar.


Maqola muallifi

Teglar

DSQ

Baholaganlar

5

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing