Toshkentning ikki tumanida soliqboshilar o‘zgardi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Davlat soliq qo‘mitasining hududiy inspeksiyalarida rahbarlik lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi.

Qo‘mita raisining buyrug‘i bilan Umid Bahromovich Iminjonov Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. 

Umid Iminjonov 1984 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2008 yilda Toshkent Davlat agrar universitetini tamomlagan.

Umid Iminjonov yangi lavozimga tayinlangunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

U soliq organlaridagi professional faoliyatini 2011 yilda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani davlat soliq inspeksiyasi Yuridik shaxslarning soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash monitoringi sho‘’basi inspektori lavozimidan boshlagan.

Umid Iminjonov soliq xizmatining III darajali maslahatchisi.

Shuningdek, Abdumuxtor Abdug‘ofurovich Malikov Toshkent shahri Yakkasaroy tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. 

Abdumuxtor Malikov 1985 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. Toshkent moliya institutini Ko‘chmas mulk bozori, baholash va rieltorlik ishi, moliya mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. (2007 yil bakalavr, 2009 yil magistr)

Abdumuxtor Malikov yangi lavozimga tayinlangunga qadar Yashnobod tumani bo‘yicha G‘aznachilik bo‘linmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Abdumuxtor Malikov faoliyatini 2007 yilda Toshkent shahri bo‘yicha G‘aznachilik boshqarmasi moliyaviy majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va to‘lovlarni amalga oshirish guruhi inspektori lavozimidan boshlagan.


Maqola muallifi

Teglar

DSQ

Baholaganlar

147

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing