DSQ “obnalchi firma”lar ro‘yxatini huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirdi
Jamiyat
−
25 fevral 2021
9424Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev byudjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlarni kamaytirib ko‘rsatish va qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini noqonuniy hisobga olish bilan bog‘liq muammolarga duch kelgan 50 dan ziyod tadbirkorlik sub’ekti vakillari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda qo‘mita raisi “obnalchilar” – halol ishlaydigan tadbirkorning birinchi va yagona dushman ekanligi, ular nosog‘lom raqobat muhitini vujudga keltirib, boshqa insofli soliq to‘lovchilar biznesiga putur yetkazayotganligiini, bunday noqonuniy harakatlar bo‘yicha to‘plangan materiallar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilganini alohida ta’kidladi.
DSQ raisi QQS summasini noqonuniy hisobga olish natijasida soliq qarzdorligi vujudga kelgan tadbirkorlarga Soliq kodeksi normalari asosida ularni bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat berdi. Bunda tadbirkorlik sub’ekti vakillari davlat soliq organlariga ariza bilan murojaat qilishlari lozim bo‘ladi.
Tadbirkorlar insofsiz soliq to‘lovchilarni aniqlash bo‘yicha xizmatlar ko‘lamini kengaytirishni taklif etdi.
Eslatib o‘tamiz, qo‘mita bunday kontragentlar orasida esa 120 ta davlat korxonasi (47,3 mlrd so‘m) va 86 ta davlat ulushi mavjud (48,1 mlrd so‘m) korxonani aniqlagandi.
Qo‘mita “shubhali” firmalar ro‘yxati 129 taga ko‘pyib, jami 525 taga yetganini ham ma’lum qildi.
LiveBarchasi