200 dan ortiq davlat korxonalari “obnal firma”lar bilan soxta bitim tuzgani aniqlandi
Jamiyat
−
23 fevral 2021
10742Qo‘shimcha qiymat solig‘i bo‘yicha mojaroga sabab bo‘layotgan “obnalchilar” xizmatidan foydalangan 206 ta davlat ulushiga ega tashkilot (120 ta davlat korxonasi (47,3 mlrd so‘m) va 86 ta davlat ulushi mavjud (48,1 mlrd so‘m) ham aniqlandi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi xabar berdi.
Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va biznes uchun teng raqobat muhitini yaratish maqsadida faoliyatida soliqlarni to‘lashdan qochishning turli xil sxemalaridan foydalanganlik holatlari kuzatilgan “Shubhali” korxonalar ro‘yxati shakllantirilgan. Ushbu ro‘yxatdan 396 ta korxona joy oldi.
Ushbu xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘z faoliyati davomida qalbaki operatsiyalarni amalga oshirib, byudjetga to‘lanadigan soliq summalarini kamaytirganlar. 10 mingga yaqin korxona ular bilan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirib, qariyb 1 trillion so‘m miqdoridagi qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini hisob (zachet)ga olgan holda byudjetga to‘lamagan.
Jami 206 ta davlat yoki davlat ulushi mavjud korxonalar ro‘yxatida quyidagi 5 ta korxona yetakchilik qilyapti:
– "O`zbekiston temir yo`llari" AJ – byudjetga to‘lanmagan QQS miqdori 2,3 trln so‘m;
– "Qizilqumsement" AJ – byudjetga to‘lanmagan QQS miqdori 902 mln so‘m;
– "Qo`qon yog`-moy" AJ – byudjetga to‘lanmagan QQS miqdori 834,3 mln so‘m;
– "O`zbekiston metallurgiya kombinati" AJ – byudjetga to‘lanmagan QQS miqdori 657,1 mln so‘m;
– "Janubsanoatmont" AJ – byudjetga to‘lanmagan QQS miqdori 449,3 mln so‘m.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahar davlat soliq bosh boshqarmasi boshlig‘i "obnalchi" firmalar mojarosi sabab egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.
LiveBarchasi